Kunde ijara asosida "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

"Barselona" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundeni ijaraga olmoqchi, deb xabar beradi El Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchining bir yillik ijarasi uchun 23 million evro taklif qilgan. Shu bilan birga, "Barselona" shartnomaga 40 million evroga majburiy sotib olish varianti kiritilishini istamoqda. Bu variant "Sevilya"ga mos kelishi mumkin, chunki andalusiyaliklar Kundening sobiq klubi "Bordo"ga ijara summasining 10 foizini berishi shart emas.
23 yoshli Kunde o'tgan mavsumda "Sevilya" safida barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195