"Nyukasl" "Bayer"ga 40 million evro to'lashga tayyorligini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

Jurnalist Patrik Bergerning xabariga ko'ra, "Nyukasl" "Bayer" yarim himoyachisi Mussa Diabi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Manbaga ko'ra, ingliz klubi futbolchi uchun 40 million evro to'lashga tayyor. Biroq nemislar futbolchi uchun kamida 60-70 million talab qilmoqda. Avvalroq, yarim himoyachi "PSJ" qiziqishlari doirasiga ham kiritilgani haqida xabar berilgandi.
22 yoshli Diabi o'tgan mavsumda "Bayer" safida barcha musobaqalarda 42 o'yinda maydonga tushib, 17 gol urdi va 14 golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184