"Milan" bu poygada imkoniyatni boy berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

"Lill" himoyachisi Sven Botman "Milan"ga o'tmaydi, deb xabar beradi SportItalia.
Manba bergan xabarga ko'ra, "rossonerilar" frantsuz klubiga so'ralgan 30 million evroni to'lashdan bosh tortgan.
Avvalroq, 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi "Nyukasl" bilan shartnoma imzolashi aniq bo'lgandi.
Botman joriy mavsumda klub safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Uning "Lill" bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali himoyachini 30 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187