Ziesh faoliyatini Italiya chempioni safida davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77

"Chelsi" qanot hujumchisi Xakim Ziesh yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Manbaga ko'ra, 29 yoshli marokashlik London klubini tark etish istagini bildirgan. Xabar qilinishicha, milanliklar futbolchining mumkin bo'lgan transferi bo'yicha vakillari bilan muzokaralarga kirishgan.
Tomonlar maosh borasida murosa topishlari kerak: “Chelsi”da Ziesh yiliga 5 million funt maosh oladi. "Milan" buncha pul to'lashga tayyor emas, Italiya klubi ham, futbolchi ham o'ziga mos variantni topishga tayyor.
Xakim “Chelsi”da 2020 yilning iyulidan buyon to'p tepadi. 2021/22 yilgi mavsumda yarim himoyachi londonliklar safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt.com portali marokashlik futbolchining narxini 28 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
183