"Atletiko" Belerin bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

"Atletiko" "Arsenal" himoyachisi Ektor Beleringa qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Goal.
Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi "kanonirlar"ni tark etmoqchi bo'lgan 27 yoshli ispaniyalikni sotib olishi kutilmoqda. "Atletiko" allaqachon futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqqan.
Qayd etilishicha, himoyachi o'tgan mavsumda ijara asosida o'ynagan “Betis”ni ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.
2021/22 yilgi mavsumda Belerin "Real Betis" tarkibida 32 ta o'yinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 20 million evroga baholamoqda.
Oldinroq, Belerin "Arsenal" bilan 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.

Bosh sahifaga
186