Manba: Jezus 45 million funt evaziga "Arsenal"ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

"Arsenal" "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezusni sotib olishga rozi bo'ldi, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano o'zining Twitter sahifasida.
Tomonlar 45 million funt sterling miqdoridagi summaga kelishib oldilar. Oldinroq "kanonirlar" 25 yoshli braziliyalikga haftasiga 200 ming funt maosh to'lashga tayyor ekani ma'lum bo'lgandi.
O'tgan mavsumda futbolchi "Manchester Siti" safida 41 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Uning shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt tomonidan Jezus 50 million evroga baholangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187