Souchekka APLning 3 jamoasi qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85

"Vest Xem" yarim himoyachisi Tomas Suchek yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin, deya xabar beradi The Sun.
Manba bergan xabarga ko'ra, 27 yoshli chexiyalik "bolg'achilar" bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarning borishidan norozi. "Nyukasl", "Aston Villa" va "Everton" klublari vaziyatni kuzatib, futbolchi sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Souchek "Vest Xem" safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 45 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182