"Leyptsig" "Ayaks" futbolchisi uchun 30 million evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Voetball International xabariga ko'ra, "Leyptsig" "Ayaks" yarim himoyachisi Edson Alvaresga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, nemis klubi 24 yoshli meksikalik uchun 30 million evro to'lashga tayyor.
Qayd etilishicha, futbolchiga Premer-liga klublari ham qiziqish bildirmoqda. Mart oyida futbolchiga "Kristal Pelas" da'vo qilgani xabar qilingandi.
Alvares "Ayaks"da 2019 yilning iyulidan beri to'p tepadi. 2021/22 yilgi mavsumda yarim himoyachi jamoasi safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali meksikalik futbolchining narxini 22 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183