Farzand dog'i. Emiliano Salaning otasi vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5484

La-Mansh osmonida aviahalokatga uchragan futbolchi Emiliano Salaning otasi yurak hurujidan vafot etdi. Bu haqda «La Nación» xabar berdi.
58 yoshli Orasio Sala Argentinadagi o'z uyida olamdan o'tdi. Ota 28 yoshli o'g'lining fojiali halokatini ko'tara olmadi.
«Nant»dan «Kardiff Siti»ga o'tgan Emiliano Sala ketayotgan samolyot 2019 yilning 21 yanvar kuni radarlardan yo'qolib qolgandi. Uzoq qidiruvlardan so'ng uning jasadi 3 fevral kuni topilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265