Salihamidjich: "Tarqalayotgan mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

"Bavariya" sport direktori Hasan Salihamidjich Myunxen klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Krishtianu Ronaldu - ajoyib martabaga ega bo'lgan top futbolchi. Biroq tarqalayotgan mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi", - deya Salihamidjichning so'zlarini keltiradi Plettigoal.
Xabar qilinishicha, 37 yoshli portugaliyalik futbolchi faoliyatini "Barselona"da davom ettirish niyatida bo'lgan Robert Levandovskining "Bavariya"dagi o'rnini egallashi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195