"Manchester Siti" va "Lids" Fillipsning transferi borasida kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Lids" yarim himoyachisi Kalvin Fillips Angliyaning amaldagi chempioni safiga qo'shilishga bir qadam yaqinlashdi.
"Manchester Siti" va "Lids" Angliya terma jamoasining yarim himoyachisi transferi shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Ayni paytda muzokaralar muvaffaqiyatli yakuniga yaqin turibdi. The Athletic nashrining ma'lumotiga ko'ra, ushbu transfer bonuslarni hisobga olmaganda taxminan 49 million evroni tashkil qiladi.
Kalvin Fillips o'tgan mavsumdagi barcha musobaqalarda "tovuslar" safida 23 o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. 26 yoshli futbolchi jarohati sabab mavsumning muhim qismini o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197