So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Messi barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi yohud buyuklikning 5 isboti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97
Lionel Messi futbol olamida yutish mumkin bo'lgan deyarli barcha sovrinni qo'lga kiritdi (Jahon chempionligidan tashqari) va hech bir o'yinchi erishmagan cho'qqilarni zabt etdi. O'tgan yil yozda Messi o'zining bolalikdagi uyi “Barselona”ni tark etganidan so'ng, 2021-2022 yilgi mavsum “Pari Sen-Jermen”da biroz muvaffaqqiyatsiz o'tdi, ammo muxlislar u keyingi mavsumda o'zining eng yaxshi formasiga qaytishiga umid qilishmoqda.
Faoliyati davomida Messi juda ko'p hayajonli lahzalarni boshdan kechirdiki, ularni sanab o'tish uchun bir kundan ko'proq vaqt ketadi, lekin biz faqat beshtasini tanlab oldik.
5. 2021 yilda Argentinani Amerika kubogi g'olibligi tomon boshlab bordi
Janubiy Amerikaning futbol etakchilaridan biri bo'lishiga qaramay, Argentina oxirgi marta Amerika kubogini 1993 yilda o'tgan musobaqada qo'lga kiritgan edi.
Ko'plab xeyterlar Messining xalqaro maydondagi sovrinlari yo'qligi sabab uni GOAT (barcha davrlarning eng zo'r futbolchisi) maqomini ololmasligiga sabab qilib ko'rsatishdi. Ammo o'tgan yilgi Amerika kubogida Messi bu masalani hal qildi.
U turnirning oltita uchrashuvida to'rtta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. 35 yoshli futbolchi turnirning eng yaxshi to'purari va assistentiga aylandi. Shuningdek, Messi turnirning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Bu “albiseleste” kubok muzeyidagi qurg'oqchiligining munosib yakuni va Messining faoliyatidagi yana bir ajoyib sahifa bo'ldi.
4. 2011 yilgi Chempionlar ligasi finali (“Manchester Yunayted”ga qarshi)
Ser Aleks Fergyuson 2007 yildan 2011 yilgacha "Manchester Yunayted"ni uch marta Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqan. Biroq, “qizil iblislar” shu davr mobaynida faqat bir marta g'alaba qozonishgan – 2007/08 yilgi mavsumda, finalda “Chelsi penaltilar seriyasida mag'lub etilgan edi.
“MYu” 2008/09 va 2010/11 yilgi Chempionlar ligasi finalida “Barselona”ga yutqazishgan. 2011 yil “Uembli”da o'tgan finalda mankunianliklarda g'alaba qozonish uchun shunchaki imkoniyat yo'q edi, chunki Messi sport formasining eng yuqori cho'qqisida edi va uni qanday to'xtatib bo'lmasdi.
3. “Real Madrid”ga qarshi ko'tarilgan libos
Messi-Ronaldu va “Real Madrid”-“Barselona” raqobati 2016/17 yilgi mavsumda o'zining eng yuqori cho'qqisiga ko'tarilgan. 24 aprel kuni “Santyago Bernabeu”da bo'lib o'tgan “El-klasiko”da Messi qo'shib berilgan vaqtda gol urib, “Barselona”ga 3:2 hisobidagi g'alabani taqdim etdi. Aytgancha, bu Messining o'yindagi ikkinchi kataloniyaliklar safidagi 500-goli bo'ldi.
O'sha paytga kelib Messi “Real Madrid” muxlislarini qanday xafa qilishni yaxshi bilardi. U futbolkasini echdi va “Real” muxlislariga o'z ismini ko'rsatdi. Bu Messining “dushman” hududida o'z ustunligini ko'rsatish usuli edi va bu holat abadiy “El-klasiko” tarixidagi eng yorqin daqiqalardan biri bo'lib qoladi.
2. Messi 2012 yilda 91 ta gol urgan.
2012 yilga kelib Messi to'xtatib bo'lmas holga keldi. O'sha yili u o'zining to'purarlik qobiliyati bilan tarixga kirdi – argentinalik futbolchi klub va terma jamoa safida 91 ta gol urdi.
Messining o'sha mavsumdagi raqamlarini tushunib bo'lmaydi – u La Liganing 38 o'yinida 59 ta gol urdi (2011/12 yilgi mavsumning ikkinchi, 2012/13 yilgi mavsumning birinchi davrasi) va Chempionlar Ligasining 12 o'yinida yana 13 ta gol kiritdi. U 1972 yilda o'rnatilgan Gerd Myullerning 85 goldan iborat uzoq yillik rekordini yangilagan edi.
Uning eng yaqin ta'qibchisi va azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu o'zining eng yaxshi to'purarlik yilida (2013) bor-yo'g'i 69 ta gol ura oldi.
1. Ettinchi bor “Oltin to'p”ni qo'lga kiritdi
Lionel Messi 2021 yilda rekord miqdorda – ettinchi marta “Oltin to'p”ni qo'lga kiritdi. 2020/21 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 47 o'yinda maydonga tushib, 38 gol urdi va 14 golga assistentlik qildi.
Ammo uning eng katta yutug'i Argentina bilan 2021 yilgi Amerika kubogidagi g'alaba bo'ldi.
Messining eng yaqin ta'qibchisi Ronaldu beshta “Oltin to'p”ga ega. To'g'ri, Messi so'nggi marta ushbu sovrinni qo'lga kiritganda aksariyat muxlislar e'tiroz bildirdi. Chunki bir yil avval marosim bekor qilinib, o'sha yili super o'yin kshrsatgan Robert Levandovski mukofotdan mahrum etilgan, buni esa Leoning o'zi ham aytib o'tgan edi. Biroq bir narsani tan olish kerak, bugun 35 yoshni qarshi olgan futbolchi dunyo futboli rivojini yuksak pog'onalarga ko'tardi. Bu fiklar sohilning narigi tomonida turgan muxlislar uchun yoqmasligi aniq. Lekin Messining futbol uchun isbotlashi kerak bo'lgan narsasi qolmadi. Xuddi Ronaldu kabi.
Manba: www.sports.ru