Tuxel rahbariyatdan olti nafar futbolchi sotib olishni so'ramoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel ushbu transfer oynasida jamoasiga 6 nafar yangi futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda. The Telegraph nashri ma'lumotlarga ko'ra, nemis mutaxassisi rahbariyatidan shuncha o'yinchi so'ragan.
"Chelsi" Ryudiger va Kristensen o'rniga kamida ikkita markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashi kerak. “Sevilya”dan Jyul Kunde va “Yuventus”dan Matteys de Ligtlarni olib kelmoqchi. Klub shuningdek, Usmon Dembele, Rahim Sterling, Borna Sosa va boshqa futbolchilarga ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" o'tgan mavsumda APLda uchinchi o'rinni egallagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236