Jahon chempionati translyatsiyasi huquqini sotish ishida ayblangan "PSJ" prezidenti yana oqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68

"PSJ" prezidenti Jahon chempionatini translyatsiya qilish huquqini sotish bo'yicha ishda yana oqlandi.
Nosir Al-Xelayfi FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Valkni jinoyat sodir etishga undaganlikda ayblangan edi.
Qatarlik menejer JChni translyatsiya qilish huquqini sotish ishida pora olganlikda ayblanayotgan Valkka "ortiqcha ustunliklar" bergani xabar qilingandi.
2020 yil oktyabr oyida birinchi instantsiya sudining qarori bilan bu ishda beIN Media televidenie guruhi rahbari sifatida ishtirok etayotgan Al-Xelayfi oqlandi va Valk 120 kunlik sinov muddati oldi.
2022 yil mart oyida Shveytsariya prokuraturasi birinchi instantsiya sudining oqlov qarori ustidan shikoyat qilgan.
Biroq bu safar Al-Xelayfi oqlandi. Valk 11 oyga shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va jarimaga tortildi.

Bosh sahifaga
121