Diyora Keldiyorova ikki karra “Katta dubulg'a” turniri g'olibi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66

Mo'g'ulistonda start olgan dzyudo bo'yicha “Katta dubulg'a” musobaqasining birinchi kun bellashuvlari yakuniga etib bormoqda. Turnirning ilk kuni jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o'tib, Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritdi.
Hamyurtimizga hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Alesya Kuznetsova raqiblik qildi. Qiziqarli kurashlarga boy bellashuvda Keldiyorova g'alaba qozonib, “Katta dubulg'a” turnirlarining ikki karra g'olibiga aylandi.
Yana bir ahamiyatli tomoni, Diyora Keldiyorova Parij-2024 Olimpiya o'yinlari uchun 500 reyting ochkosini ham o'z hisobiga qo'shib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167