"Vilyarreal" yangi xaridni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Vilyarreal" klubi "Levante" jamoasining tajribali hujumchisi Xose Luis Morales bilan shartnoma imzoladi.
“Sariq suv osti kemasi” matbuot xizmati xabariga ko'ra, 34 yoshli ispaniyalik futbolchi Unai Emeri jamoasi bilan ikki yillik shartnoma tuzadi. Hujumchi 2013 yildan buyon "Levante"ning asosiy jamoasida o'ynab kelmoqda. Futbolchining transfer narxi to'rt million evroga baholanmoqda.
O'tgan mavsumda Xose Luis Morales "Levante" safida Ispaniya chempionatida 35ta o'yin o'tkazib, 13ta gol urgan va 7ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170