Dembele "Barselona"da qolishga tayyor, lekin bitta muammo bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele klubda qolishni istaydi, biroq bunga bitta muammo to'sqinlik qilishi mumkin. Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi rahbariyat tomonidan taklif qilingan shartlarga rozi bo'lish niyatida emas.
Hozir Dembele ta'tilda va shu bilan birga kelajagi haqida o'ylamoqda. Frantsiyalik futbolchiga da'vogar Londonning “Chelsi” jamoasi bo'lib turibdi, “PSJ” esa allaqachon bu kurashdan butunlay chiqib ketgan.
Eslatib o'tamiz, Dembele o'tgan mavsumda "Barselona"ning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi bo'lgandi. Futbolchi maoshini kamaytirishga tayyor, lekin rahbariyat xohlagan darajada emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
161