So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sportni rivojlantirish vazirligida Argentina elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Argentina Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Eduardo Antonio Zuaynni qabul qildi.
Uchrashuvda Zzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.
Suhbat davomida ikki mamlakatlar o'rtasida sport sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, kelgusidagi istiqbollari va hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
Elchi janoblari Argentina Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatayotganini, bu borada O'zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishni ustuvor vazifa deb bilishi va ikki tomonlama aloqalar yo'lida qat'iy amaliy choralar ko'rishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov tomonidan ham Argentina mamlakati sport sohasida, xususan futbolda ko'plab yutuqlarga erishgani va bu borada O'zbekiston futboli uchun katta tajriba almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini ta'kidladi.
O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Argentina futboli jahon miqyosida ulkan nufuzga ega ekanligini qayd etib, ikkala mamlakatning barcha yosh toifalarida, xususan, milliy terma jamoalar hamda klublar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish, futbol murabbiylarini tajriba almashish uchun Argentina murabbiylar markaziga yuborish yuzasidan o'z takliflarini bildirib o'tdi.
Elchi janoblari Eduardo Antonio Zuaynni mazkur takliflarni qo'llab quvvatlagan holda, hamkorlikka tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Uchrashuv davomida kelgusida hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar hamda loyihalari muhokama qilindi.