"Barselona" va "PSJ" Messini tabrikladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Bugun, 24 iyun kuni zamonamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messi o'zining tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Bugun argentinalik futbolchi 35 yoshga to'ldi.
"PSJ" va "Barselona" klublari ijtimoiy tarmoqlar orqali Lionelni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi.
Eslatib o'tamiz, Messi "ko'k-anorranglilar" safida uzoq vaqt to'p surgan, biroq o'tgan yozda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli klubni tark etishga majbur bo'lgandi. Argentinalik futbolchi parijliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolab, "PSJ"ga o'tishga qaror qildi.
Liga 1ning so'nggi mavsumida Leo 26 o'yin o'tkazib, 6 gol urdi va 14 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171