Behzodbek Rahimboev Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3820
Toshkentda davom etayotgan velosport bo'yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kunida terma jamoamiz vakillari yana bir medalni qo'lga kiritdi. Biroz avval hamyurtimiz Behzodbek Rahimboev yoshlar o'rtasida kechgan bahsda shohsupaga ko'tarildi.
Hamyurtimiz 105.6 kilometr masofaga kechgan bellashuvda marra chizig'ini ikkinchi bo'lib kesib o'tdi va o'z hisobiga Osiyo chempionatining kumush medalini qo'shib qo'ydi.
Veloshosse bo'yicha Osiyo chempionati.
Yoshlar, 105.6 km.
1. Tullatorn Solasam (Tailand)
2. Behzodbek Rahimboev (O'zbekiston)
3. Orken Slamjanov (Qozog'iston)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!