Pedro jamoasini o'zgartirishi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

"Kalyari"ning 30 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Joau Pedro jamoasini o'zgartirishi mumkin, deya xabar berdi insayder Nikolo Skira.
Qayd etilishicha, unga "Salernitana" faol qiziqish bildirmoqda va futbolchi uchun "Kalyari"ga 6 million evro taklif qilgan. Agar braziliyalik "Salernitana"ga o'tsa, uning maoshi mavsumiga 2 million evroni tashkil qiladi.
Joau Pedroning "Kalyari" bilan shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi. Transfermarkt portali futbolchini 12 million evroga baholamoqda. Joau o'tgan mavsumda A Seriyada 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195