Konte ikki nafar braziliyalik futbolchini "Tottenxem"ga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Londonning “Tottenxem” klubi yozgi transfer oynasida jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Evening Standard nashri xabariga ko'ra, ikki braziliyalik futbolchi "shporlar"ning nomzodlar ro'yxatidan joy olgan. Gap "Everton" va "Lids" klublari futbolchilari - Risharlison va Rafinya haqida ketmoqda.
Risharlison uchun bahsda "Tottenxem" "Arsenal" bilan raqobatga dosh berishi kerak. Rafinyaga esa Kataloniyaning "Barselona" klubi da'vo qilmoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte braziliyaliklarni taklif qilishdan shaxsan manfaatdor. Bu futbolchilar tufayli italiyalik murabbiy Premer-liga chempionligi uchun haqiqiy da'vogar jamoa yaratishga umid qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186