Dzanolo faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"Tottenxem" "Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanologa qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sky Sports.
Manbaga ko'ra, London klubi sport direktori Fabio Paratichi "Roma"dagi hamkasbi Tiago Pinto bilan 22 yoshli italiyalik futbolchining transferi borasida aloqaga chiqqan.
Avvalroq yarim himoyachiga "Milan" va "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, Rim klubi Dzanoloni 50 million evroga baholamoqda va u bilan 2024 yilning 30 iyuniga qadar hisoblangan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229