Suares sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

“Atletiko” va “Barselona” klublarining sobiq hujumchisi Luis Suares faoliyatini Amsterdamning “Ayaks” klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur o'zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Manba bergan xabarga ko'ra, Niderlandiya klubi rahbariyati Suaresga Sebastyan Aller Dortmundning "Borussiya"siga 35 million evroga sotilganidan keyin qiziqib qolgan. Eslatib o'tamiz, avvalroq urugvaylik hujumchi 2007 yildan 2011 yilgacha bo'lgan davrda "Ayaks" safini himoya qilgan edi.
35 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda "Atletiko" safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213