Salihamidjich MLS klubiga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"Bavariya" klubi sport direktori Hasan Salihamidjichning o'g'li Nik MLS klubiga o'tishga bir qadam qoldi. Fabritsio Romano bergan ma'lumotlarga ko'ra, yosh futbolchi "Vankuver Uaytkeps" klubiga o'tadi. Futbolchi Kanada jamoasida 18 oyni ijarada o'tkazadi.
MLS chempionatiga ijaraga ketishdan oldin kichik Salihamidjich "Bavariya" bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytiradi. Eslatib o'tamiz, 16 yoshli futbolchi yanvar oyidan buyon "Bavariya"ning asosiy jamoasida mashg'ulot o'tkazmoqda.
Hasan Salihamidjich avvalroq “Bavariya”da futbolchi sifatida to'p surgan. Bosniyalik futbolchi Turinning "Yuventus" jamoasida ham o'ynashga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217