De Ligt "Yuventus" rahbariyatidan o'zini transferga qo'yishini so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Mattias de Ligt klub rahbariyatidan o'zini transferga qo'yishni so'radi. Football Italia nashri xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi joriy mavsumda "keksa sinora"ni tark etmoqchi.
Eslatib o'tamiz, De Ligtga hozir Angliya Premer-ligasining ikki top-klubi qiziqmoqda. Gap Londonning “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari haqida ketmoqda.
De Ligtning o'zi o'tgan yozdan beri "Yuventus"ni tark etish haqida o'ylayotgandi. Niderlandiyalik futbolchi Turinga ko'chib o'tgandan so'ng faoliyatidagi o'sishdan norozi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203