"Inter" "Torino"ga ultimatum qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74

Milanning "Inter" klubi "Torino"ga himoyachi Gleyson Bremer uchun yakuniy shartlarini e'lon qildi. Tuttosport xabariga ko'ra, "neradzurri" futbolchi uchun 30 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor emas, "buqalar" esa 40 million evro talab qilmoqda.
Moliyaviy muammolar tufayli "Inter" "Torino"ning Bremerning transferi borasidagi talablarini qondira olmayapti. Milan klubi braziliyalikdan voz kechib, muqobil variantlarga o'tishi ehtimoli bor.
Eslatib o'tamiz, Bremer avvalroq Chempionlar ligasida o'ynash istagini bildirgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207