"Yuventus" de Ligt borasida yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Turinning "Yuventus" klubi markaziy himoyachi Matteys de Ligt borasida bir qarorga keldi. Insayder Romeo Agrestining so'zlariga ko'ra, “keksa sinora” rahbariyati niderlandiyalikni sotish haqida o'ylamayapti. Italiya top-klubi futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirishni kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, Matteys va Turin klubi o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. De Ligt 2019 yildan beri "Yuventus" sharafini himoya qilib kelmoqda. Avvalroq unga kataloniyalik “Barselona” va Londonning “Chelsi” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
2021/2022 yilgi mavsumda de Ligt 42 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206