Keyn "Leyton Orient" klubining yangi libosi taqdimotida ishtirok etdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

"Tottenxem" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Angliyaning ikkinchi ligasida to'p surayotgan "Leyton Orient" klubining yangi libosi taqdimotida ishtirok etdi.
"Angliya terma jamoasi sardori bizning homiy va xayriya chempioni sifatida qaytib keldi" - dedi "Leyton Orient" klubining matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda.
28 yoshli Keyn bir necha mavsum davomida "Leyton Orient" libosida o'ynadi. Hujumchi 2011 yilda professional faoliyatini boshlagan klubiga mana shunday hurmat bajo keltirmoqda.
2021/22 yilgi mavsum yakunida "Leyton Orient" 58 ochko bilan Ikkinchi ligada 13-o'rinni egalladi. “Tottenxem” Keyn bilan APLda 4-o'rinni egalladi va keyingi mavsumda Chempionlar ligasida o'ynaydi. Keyn o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 50 ta o'yin, 27 gol va 10 golli uzatmani amalga oshirdi.


Bosh sahifaga
210