"Bayer" "Real" qiziqish bildirayotgan futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Germaniya futbolining asosiy iqtidorlaridan biri sanalgan hujumkor yarim himoyachi Florian Firts Leverkuzenning “Bayer” klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda “dorishunoslar”ning rasmiy sayti xabar berdi.
19 yoshli futbolchining klub bilan tuzgan yangi shartnoma 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Firts 2020 yildan beri Leverkuzen safida to'p suradi. Germaniya chempionatining so'nggi mavsumida Florian 24 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va o'nta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, yarim himoyachiga "Real"dan qiziqish borligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, biroq masala hozircha aniq taklifga kelgani yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181