Yunon-rum kurashi: Osiyo chempionatida hozircha 2 ta oltin, 2 ta kumush medal qo'lga kiritdik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tkazilayotgan o'smirlar (U 17) va yoshlar (U 23) o'rtasidagi Osiyo chempionatining kechagi bellashuvlarida ishtirok etgan 4 nafar yunon-rum kurashchimizning barchasi medallarga ega chiqishdi.
-60 kg vazndagi yunon-rum kurashchimiz Shermuhammad Sharibjonov oltin medal uchun kechgan bahsda qirg'izistonlik Nurmuhammet Abdullaevni 9-0 hisobida dog'da qoldirdi.
-67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abror Atabaev esa final bahsida qirg'izistonlik Azamat Samatni 10-0 hisobida dog'da qoldirdi va O'zbekiston terma jamoasiga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.
-72 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Jahongir Hamroev Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi. Hamyurtimiz Osiyo chempionligi uchun kechgan murosasiz bahsda qirg'izistonlik Adilxan Nurlanbekovga 2-4 hisobida yutqazib qo'ydi.
-77 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Dilshod Omongeldiev final uchrashuvida qirg'izistonlik Akilbek Talantbekovga imkoniyatni boy berib, u ham Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi.
Shu tariqa, yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatidagi birinchi kungi bellashuvlarini 2 tadan oltin va kumush medali bilan yakunlashdi.

Bosh sahifaga
183