"Marsel"ga "Arsenal" himoyachisi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

"Marsel" "Arsenal" himoyachisi Vilyam Salibani o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi Foot Mercato.
Avvalroq, frantsiyalik futbolchi shartnoma yakuniga qadar London klubida qolishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Amaldagi kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Marsel" London klubi futbolchini qanday sharoitda sotishi mumkinligini bilish uchun "Arsenal" rahbariyatiga murojaat qildi.
21 yoshli himoyachi 2019 yilning yozidan buyon "Arsenal"da to'p tepadi. Bu vaqt ichida u "Sent-Eten", "Nitstsa" va "Marsel"da ijara asosida o'ynadi. 2021/22 yilgi mavsumda Saliba "Marsel" safida Liga 1da 36 ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181