"Atalanta" yarim himoyachisi da'vogar klublar nomi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

"Atalanta" yarim himoyachisi Matteo Pessina faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Torino" bosh murabbiyi Ivan Yurich 25 yoshli italiyalikni o'z jamoasida ko'rmoqchi. Xorvatiyalik mutaxassis avvalroq yarim himoyachi bilan "Verona"da ishlagan.
Shuningdek, "Montsa" ham Pessinaga da'vo qilmoqda. Eslatib o'tamiz, futbolchining o'zi aynan shu shaharda tug'ilgan.
O'tgan mavsumda Pessina 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 16 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191