"Arsenal" himoyachisi "Boxum"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

"Arsenal" yoshlar jamoasi himoyachisi Xordi Osey-Tutu Germaniya chempionatiga o'tdi. Bundan buyon u "Boxum" sharafini himoya qiladi. Osey-Tutu 2017 yildan beri "Arsenal" tarkibida, biroq u hech qachon asosiy tarkibda maydonga tushmagan. Ko'pincha Osey-Tutu ijara asosida o'ynagan.
U faoliyati davomida Uelsning "Kardiff Siti", shuningdek, "Nottingem Forest" va "Roterxem Yunayted" kabi klublarda o'ynagan. U "Boxum"ga erkin agent sifatida boradi, Londonning "Arsenal"i uni sotishdan hech narsa yutolmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189