"Tottenxem" hujumchisi A Seriyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77

"Tottenxem" hujumchisi Brayan Xil faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Sampdoriya" da'vogarlik qilmoqda. Qayd etilishicha, ular futbolchini ijaraga olmoqchi.
O'tgan mavsumda u "Valensiya"da ijara asosida harakat qilgandi. Ispan klubi safida Xil 17 ta o'yinda maydonga tushib, golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u "Tottenxem" safida 20 ta o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
180