«Manchester Yunayted»ning sustkashligiga Ronalduning asablari dosh bermayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa rahbariyati tarkibni kuchaytirish ishlarini sust olib borayotganidan xavotirga tushmoqda.
"Metro" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, klubning transfer borasidagi ishlari tufayli 37 yoshli futbolchining sabr kosasi to'lmoqda. Bu ahvolda "MYu" kuchli jamoalarga raqobat qila olmasdan, yana sovrinlarsiz qolishidan portugaliyalik futbolchi xavotir olmoqda.
Agar vaziyat yaqin orada o'zgarmasa, hujumchi boshqa jamoaga o'tish harakatiga tushib qolishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Ronalduning "MYu" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192