Premer-liga klublari "Atletiko" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Angliyaning uchta jamoasi "Atletiko Madrid”ning belgiyalik yarim himoyachisi Yannik Karraskoni sotib olmoqchi.
AS xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone Karraskoni qo'yib yuborishni istamayapti, chunki u kelgusi mavsumda yarim himoyachiga umid qilmoqda.
Yannik Karrasko Ispaniya chempionatining o'tgan mavsumida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211