Rasman! "Nyukasl" yangi darvozabon bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

"Nyukasl" Angliya terma jamoasi darvozaboni Nik Poup bilan shartnoma imzoladi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, shartnoma 4 yilga mo'ljallangan.
30 yoshli darvozabon 2016 yildan beri “Byornli” safida harakat qilayotgan edi. U ikki marta klubda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Angliyalik futbolchining shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgandi.
Poup o'tgan mavsumda jamoa safida barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 51 ta gol o'tkazib yuborgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234