"Real" "Inter" bilan futbolchi almashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

"Real" klubi "Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barellaga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Calciomercato.
Manbaning xabariga ko'ra, ispan klubi futbolchi uchun ma'lum miqdorda pul to'lashga, shuningdek, himoyachi Nacho Fernandes va yarim himoyachi Dani Sebalosni berishga tayyor.
25 yoshli Barella o'tgan mavsumda "Inter" safida barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 13 ta golga assistentlik qildi. 32 yoshli Nacho "Real" safida 42 ta o'yinda 3 ta gol urgan. 25 yoshli Sebalos "qirollik klubi" safida 18 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170