So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Diyor Imomxo'jaev: «Olimpik» g'oyasi ilgari surilganda unga qarshi ovoz berganman
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71
Saken Po'latov de fakto «Olimpik» klubi asoschilaridan hisoblanadi. Endilikda de yure «Olimpik» klubi boshqaruvi ham sport funktsionerining qo'liga o'tdi. Bir vaqtning o'zida Po'latov Milliy olimpiya qo'mitasi hamda Boks federatsiyasida ham rahbarlardan biri hisoblanadi.
Po'latovlar oilasi avvaldan futbol va futzal muxlislari hisoblanadi. «Lokomotiv» ketma-ket uch bor (2016, 2017, 2018) mamlakat chempionligini qo'lga kiritishida ham Saken Po'latovning xizmati katta.
«Olimpik» tashkil etilishidan asosiy maqsad — Parij-2024 olimpiadasiga yo'llanma olish. U23 Osiyo chempionatida jamoa potentsiali butun O'zbekistonga ko'rindi. Jamoadagi printsip va g'oyalar chempion «Lokomotiv»nikidan farq qiladi.
«Olimpik» g'oyasi ilgari surilganda unga qarshi ovoz berganman. Jamoa 2002 yilda sun'iy kuchaytirilgan «Paxtakor»ga o'xshab qolishi va shu g'oya oqibatlari yana aylanib kelishini istamaganman.
Temur Kapadze bilan suhbatdagina «Olimpik» «Paxtakor», «Nasaf» yoki boshqa klublardagi asosiy futbolchilarga (Hojimat Erkinov, Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Diyor Xolmatov, Husayn Norchaev va hokazo) tegmasligi, balki zaxirada qolib ketayotgan iqtidorlarga imkoniyat berish orqali, olimpiya termasida kuchli raqobat hosil qilish niyatida ekanligini tushunganmiz. Aynan shundan kelib chiqib O'FA prezidenti jamoani Pro ligaga qo'shish topshirig'ini bergan va o'tgan mavsum «Olimpik» o'z kuchi bilan Coca-cola Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Yaxshi bilasizki, 20 yil avval Kapadze, Nesterov, Jeparov va yana qator futbolchilar sun'iy yig'ib olingan, bir jamoani kuchaytirish orqali chempionatda intriga o'lgan, muxlislar tashrifi keskin kamayib ketgan. Qolaversa, biz na jahon chempionatiga chiqdik va na Osiyoni oldik.
«Olimpik» esa e'tiborda chetda qolayotgan iqtidorlar bilan inqilob qila oldi. Agar o'sha vaqtda barcha nomzodlar bir jamoaga yig'ib olinganida, bu qolgan klublarga nisbatan katta nohaqlik bo'lardi. Har bir klub o'z mevasidan foydalanish huquqiga ega. «Olimpik» o'z jamoasida asosiy tarkib uchun potentsiali katta futbolchilarga tegmadi va faqatgina e'tibordan chetda qolayotgan nomlar bilan jamoa tuzdi. Umid qilamanki, bu yo'nalish yaqin kelajakda o'zini oqlaydi.
Diyor Imomxo'jaev.