Sarri "Latsio"ga APLdan himoyachi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

Rimning “Latsio” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri o'z jamoasi tarkibini kuchaytirish uchun Angliya Premer-ligasidan futbolchi topdi. Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassis "Chelsi"ning chap qanot himoyachisi Emersonni o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda.
Sarri 2018/19 yilgi mavsumda o'zi boshqargan London klubida futbolchiga ustozlik qilgan. Italiyalik murabbiy boshchiligida Emerson kamdan-kam hollarda asosiy tarkibdan joy oldi, ammo mavsum oxirida u Markos Alonsoni asosiy tarkibdan chiqarib yubordi va Evropa Ligasi finalida "Arsenal"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi.
Eslatib o'tamiz, Emerson o'z vaqtida "Latsio"ning eng printsipial raqibi bo'lgan "Roma"dan "Chelsi"ga o'tgandi.

Bosh sahifaga
244