Murodjon Ahmadaliev va Shahram G'iyosov ertangi jang oldidan taroziga chiqdi (foto+video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1708

Xabaringiz bor, Toshkent vaqti bilan ertaga tongda ikki bokschimiz professional boksda o'zlarining navbatdagi jangini o'tkazishadi.
WBA Intercontinental kamari sohibi - Murodjon Ahmadaliev o'zining profi boksdagi oltinchi jangini meksikalik Karlos Karlson (23-5, 14 KO)ga qarshi o'tkazadi.
Shahram G'iyosov esa, WBA Intercontinental chempionligi uchun bo'lib o'tadigan jangda Emannuel Taylorga (20-5, 14 KO) qarshi ringga chiqadi. Bo'lajak jang oldidan esa odatga ko'ra, bokschilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi va Shahram 63,5 kg tosh bosdi.

Bugun esa bokschilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Ma'lumot uchun, mazkur jang Toshkent vaqti bilan ertaga tongda bo'lib o'tadi va "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Bosh sahifaga
252