So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bugun Frantsiya futbolida bayram!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71
23 iyun kuni, lekin turli yillarda Frantsiya terma jamoasining uchta sobiq futbolchisi birdaniga dunyoga keldi.
Zinedin Yazid Zidan: 1972 yilda Marselda tug'ilgan. Faoliyatini "Kann" jamoasida boshlagan, keyinroq “Bordo”da o'ynagan, ammo aynan “Yuventus” va “Real” frantsiyalik futbolchini mashhur qilgan. Turin va Madrid gigantlari tarkibida Zizu 12 ta sovrinni qo'lga kiritdi.
Jan Amadu Tigana: 1955 yilda tug'ilgan. U "Tulon", "Lion", "Bordo" va "Marsel" klublarida o'ynagan. 1980 yildan 1988 yilgacha Tigana Frantsiya terma jamoasini himoya qilgan.
"Mening iqtidorimni Mishel Platini va Alen Jiressning mahoratiga ham yaqinlashtirib bo'lmaydi. Lekin tabiat menga nima bergan bo'lsa, men o'z mehnatsevarligim bilan muvaffaqiyat qozondim", - deya Jan Tigan o'zining bu so'zlari bilan asosan futbolchilik faoliyatini tavsiflaydi.
Patrik Donal Vieyra: 1976 yilda tug'ilgan. Zidan bilan birga u 1998 yilgi Jahon chempioni va 2000 yilgi Evropa chempioni bo'ldi. U 1996 yildan 2005 yilgacha Londonning "Arsenal" jamoasida o'ynab, mashhurlikka erishdi.