Neymarning keyingi rejalari qanday? Uning agenti bu savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

Neymarning agenti "PSJ"dan ketishi mumkin bo'lgan vaziyatga oydinlik kiritdi. Vagner Ribeyroning so'zlariga ko'ra, futbolchi Parijda qolib, Chempionlar ligasida g'olib chiqishni istamoqda. Bu braziliyalikning orzusi.
"Neymarning orzusi bor: "PSJ" bilan Chempionlar ligasini yutish. Uning ketishi haqidagi barcha mish-mishlarga qaramay, Neymar avvalgidek g'ayratli va orzusiga erishmaguncha to'xtamaydi", - dedi Neymarning agenti.
Eslatib o'tamiz, Neymarga Turinning "Yuventus" klubi qiziqmoqda. 30 yoshli futbolchini taklif qilishga "keksa sinora" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining shaxsan o'zi qiziqayotgani aytilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219