"Real" himoyachisining rafiqasi o'zlarining to'yida kubok nusxalarini namoyish qilmoqchi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"Real" himoyachisi Dani Karvaxal turmush o'rtog'i ularning to'yida kuboklar nusxalarini ko'rsatishni istayotganini aytdi.
Karvaxalning so'zlariga ko'ra, uning rafiqasi to'yda kubokning nusxalarini ko'rsatishni xohlagan, ammo bu g'oyadan voz kechishga qaror qilingan. "Qirollik klubi" himoyachisi o'shanda mehmonlar kelin-kuyovga e'tibor bermasliklarini, shunchaki kuboklar bilan suratga tushishlari mumkinligini aytib hazillashdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Dani Karvaxal madridliklar bilan birgalikda La Liga va Chempionlar ligasida g'olib chiqqan edi. Ispaniya chempionatida himoyachi 24 ta uchrashuv o'tkazib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217