"Nyukasl" yana bir futbolchidan rad javobni oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92

"Reyms" hujumchisi Ugo Ekitikening "Nyukasl"ga o'tishi amalga oshmadi. Jurnalist Adrien Grenening ma'lumotlariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi "Nyukasl" tarkibiga o'tmaydi, chunki uni Eddi Xau jamoasida o'ynash istiqboli qoniqtirmaydi.
Endi yosh iqtidorni o'z safiga qo'shib olish uchun Frantsiyaning "PSJ" jamoasi favoritga aylandi. Parij klubi Mauro Ikardi o'rniga futbolchi sotib olmoqchi, chunki, Ikadi yozda jamoani tark etishi kutilyapti.
Eslatib o'tamiz, "Real" ham Ekitikega da'vo qilgandi, ammo "qaymoqranglilar" futbolchiga hali jiddiy qiziqish bildirishmagan. Ekitike o'tgan mavsumda Frantsiya chempionatida 10 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217