Rasman! Evropaning top-klublari qiziqish bildirgan futbolchi o'z jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

"Leyptsig" yarim himoyachisi Kristofer Nkunku nemis klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda "buqalar" o'zlarining rasmiy saytlarida xabar berishdi. Frantsiyalik futbolchi jamoa bilan 2026 yilga qadar yangi shartnoma imzoladi.
Shu bilan birga, bir yildan so'ng frantsiyalik futbolchining shartnomasida tovon puli faollashtiriladi, bu esa 60 million evroni tashkil qiladi. Har qanday manfaatdor klub bu summani to'lab, futbolchi sotib olishi mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Nkunku avvalroq ko'plab top-klublar, jumladan, futbolchi akademiyasida ulg'aygan "PSJga" qiziqish bildirgan. O'tgan mavsumda Kristofer barcha musobaqalarda 30 dan ortiq gol urdi va Germaniya Bundesligasida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Bosh sahifaga
238