"Nyukasl" futbolchisiga APLning top-klublari qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

"Nyukasl" yarim himoyachisi Allan Sen-Maksimenga APLning bir qator etakchi klublari qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Saymon Jonsning xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchini Londonning "Chelsi" klubi sotib olmoqchi.
“Ko'klar” hujumni kuchaytirish kerak, shu bois rahbariyat Evropaning eng yaxshi driblingchilaridan biri bo'lgan Sen-Maksimenni sotib olish variantini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Transfer taxminan 50 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Sent-Maksimen Angliya Premer-ligasida uch mavsum o'tkazdi. Avvalroq futbolchi Frantsiyaning “Nitstsa”, “Sent-Eten”, “Bastiya” va “Monako” klublarida to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223