Dembele to'rtta klubning birini tanlashi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Frantsiyalik vinger Usmon Dembeleda bir necha variantlarni tanlash imkoniyatlari bor, deya xabar bermoqda Marca nashri.
Futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan “Barselona”dan tashqari, Londonning “Chelsi”, Myunxenning “Bavariya” va “PSJ” klublari qiziqish bildirmoqda.
Dembele kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelgani yo'q. Frantsiyalik futbolchi o'ylashga vaqt ajratdi, shundan so'ng u faoliyatini davom ettirish joyi haqida qaror qabul qiladi.
Avvalroq OAVda Usmon "Barselona" bilan hamkorlikni uzaytirishga intilayotgani haqida xabar berilgandi.
O'tgan mavsumda Dembele “Barselona” safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280