"Tottenxem" va "Arsenal" qiziqish bildirayotgan futbolchining narxi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

Frantsiyaning “Lion” klubi shu yilning yozida hujumkor yarim himoyachi Lukas Paketani sotishi mumkin. Football London nashrining xabariga ko'ra, "Lion" braziliyalik futbolchini narxini e'lon qilishdi.
"Lion" rahbariyati Paketa uchun 50 million evro taklif qilsa, uni sotishga tayyor. Braziliyalik futbolchiga asosiy da'vogar "Tottenxem" hisoblanadi.
24 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumda Liga 1da 35 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Lion" bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230